Entoni Teylor UEFA Superkubogi doirasidagi "Bavariya" - "Sevilya" o'yinini boshqaradi

Alisher
15 sen 2020, 14:53
UEFA hakamlik qo'mitasi Entoni Teylor UEFA Superkubogi doirasidagi "Bavariya" - "Sevilya" o'yinida bosh hakam bo'ladi.

O'yin 24 sentyabr kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Teylorning brigadasida Geri Busuik (Angliya) va Adam Nanni (Angliya) ham bor. Zaxira hakami - Orel Grinfeld (Isroil).

Myunxen klubi Chempionlar Ligasi finali doirasida "Pari Sen-Jermen"ni 1:0 hisobida taslim etgan. "Sevilya" esa Yevropa Ligasi finalida "Inter"ni 3:2 hisobida yutgan.

UEFA Superkubogi o'yini 24 sentyarb kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com