JCH-2026 saralashi. Agar BAA bilan ochkolar teng bo'lib qolsa, nima bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
18 mar 2025
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'iziston bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshladi.

Bu bosqichda yana 4 ta o'yin qoldi. Mart oyida ikkita va iyun oyida ikkita:

20 mart Qirg'iziston (uyda)
25 mart Eron (safarda)
5 iyun BAA (safarda)
10 iyun Qatar (uyda)

Ayni paytda guruhdagi holat mana bunday:




Yani BAA bilan farqimiz 3 ochko. Agar guruh bosqichi oxirida ochkolar teng bo'lib qolsa birinchi navbatda TO'PLAR FARQIga qaraladi. Hozir BAAda +8, O'zbekistonda +3. Yani mobodo oxirida ochkolarimiz teng bo'lib qolsa biz pastroqda bo'lamiz. Shunday ekan avvalo BAAda ko'proq ochko jamg'arishimiz zarur, agar ochkolarimiz teng bo'lib qolsa ham raqiblarni yirikroq hisobda yutishimiz kerak.

Yana bir holat. Tasavvur qilamiz, 20 mart kuni O'zbekiston ham, Eron ham o'z o'yinlarini g'alaba bilan tugatishdi. Shunda 25 mart kungi o'zaro bahsdagi durang natija Eronni muddatdan avval Jahon chempionatiga olib chiqadi. Tehrondagi ehtimoliy bu durang esa O'zbekiston uchun ham juda muhim bo'ladi. Yani buday holatda oxirgi ikkita bahsdan oldin BAA bilan farqimiz 4 ochkoni tashkil etadi.

Sizningcha O'zbekiston bo'lajak 4 ta o'yindan necha ochko oladi?


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia