JCH-2026 saralash. Afrika qitasidan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan barcha terma jamoalar nomi ma'lum

Khoja
15 okt 2025
Afrika mintaqasida Jahon chempionati saralash o'yinlari yakuniga etdi.

So'nggi ikkita to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmalarni Kot-dIvuar va Senegal terma jamoalari qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, Afrika mintaqasidan JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. 

Kelasi yili bo'lib o'tadigan JCHga Senegal, Kot-dIvuar, Kabo-Verde, Marokash, Jazoir, JAR, Misr, Gana, Tunis terma jamoalari to'g'ridan-to'g'i yo'llanamani qo'lga kiritishdi.

Gabon, Kongo, Kamerun va Nigeriya termalari esa endi pley-off bahslarida ishtirok etishadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia