

Ushbu bosqichga Iroq, Kongo DR, Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari yo'llanma olishdi.
Jamoalar FIFA Jahon reytingiga ko'ra tasniflanadi, eng past o'rinni egallagan to'rtta jamoa dastlab o'zaro yarim final uchrashuvida maydoga tushadi. Yarim final bahsida g'alaba qozongan terma jamoalar FIFA reytingida o'zlaridan tepada bo'lgan qolgan ikkita terma jamoalarga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu final bahsidagi g'oliblar esa 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
Pley-off uchrashuvlari 21-31 mart kunlari Meksikaning ikkita stadionlarida bo'lib o'tadi.



