

Uchrashuvda Usmon Toshev shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchdi.
O'yinda hisobni 3-daqiqadayoq Munachehr Jalilov ochgan bo'lsa, 2-taym boshida Alisher Jalilov oradagi farqni oshirdi. Bahs tugashiga oz qolganida esa zaxiradan maydonga tushgan Shahrom Samiev gol urib, natijani yirik ko'rinishga keltirdi – 3:0!
Mazkur g'alabadan keyin Tojikiston ochkolari sonini 10 taga etkazib, “F” guruhida 2-o'rinni egallab turibdi. 12 ochkoga ega Yaponiya esa guruhda peshqadamlik qilmoqda. Ular 2 ta kam o'yin o'tkazganini ham eslatish joiz.
Tojikiston – Mongoliya 3:0 (1:0, 2:0)
Dushanbe markaziy stadioni
Gollar: M.Jalilov 3 - 1:0, A.Jalilov 52 - 2:0, Samiev 87 - 3:0
Tojikiston – Yatimov, Safarov, Ergashev, Hononov, Nazarov, Umarbaev (Alijoni, 85), Jo'raboev (Zabirov, 85), M.Jalilov (Samiev, 78), Rahimov (Davlatmir, 68), A.Jalilov, Tursunov





