JCH-2022 saralash. Qirg'iziston Myanma terma jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Alisher
11 iyun 2021
Jahon chempionati-2022 saralash Osiyo mintaqasi 2-bosqich "F" guruhi 8-tur doirasidagi Myanma - Qirg'iziston o'yini bo'lib o'tdi.

Myanma - Qirg'iziston 1:8

Qirg'iziston terma jamoasi sardori Mirlan Murzaev 3ta gol urdi, Tursunali Rustamov, Guljishit Aliqulov, Alimardon Shukurov, Farhod Musabekov va Abay Bokoleev esa o'z hisobiga 1tadan gol yozdirib qo'yishdi.

Mezbonlar 1-bo'limdayoq qizil kartochka (24-daqiqa) sabab bitta kam bo'lib qolishdi, ammo jamoa ikkinchi bo'limda bitta bo'lsa ham gol urishning uddasidan chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston 7 iyunda Mo'g'uliston (0:1)ga sensacion tarzda imkoniyatni boy bergan edi. Qo'shnilarimizni oldinda Yaponiya (15 iyun)ga qarshi o'yin kutib turibdi.





AlisherMuallif
Manba: championat.asia