JCH-2022 saralash. Arslanmirat Amanov Turkmaniston terma jamoasidan taklif oldi

Xayrulla Xoliqov
23 avg 2019
28 avgustdan Turkmaniston milliy terma jamoasi ham JCH-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni boshlaydi.

Yosh qo'shnilarimiz ilk turni 5 sentyabr kuni safarda Shri Lanka terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. 

10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan 2-tur bellashuvida Turkmaniston o'z maydonida Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Mazkur rasmiy bahslarga "Lokomotiv" yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov ham taklif oldi. Turkmaniston futbol federatsiyasi klubga Arslanmirat Amanovni 28 avgust - 10 sentyabr kunlari terma jamoa ixtiyoriga yuborishini so'rab murojaat qildi. 

Turkmaniston terma jamoasi dastlab Dubayda qisqa muddatli yig'in tashkil etib, shundan so'ng Shri Lanka tomon parvoz qiladi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz