JCH-2022. Braziliya Shveytsariyani mag'lub etib, pley-off masalasini hal qildi

Aziz Tukhtamuradov
28 noya 2022
Jahon chempionatining "G" guruhidan o'rin olgan Braziliya - Shveytsariya uchrashuvi yakunlandi.

O'yinda Braziliya 1:0 hisobida g'alabaga erishib, hisobidagi ochkolar sonini 6 taga etkazib oldi va pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi. 

Braziliya – Shveytsariya 1:0 

Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.

Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.

Shveytsariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Djaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (Shteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).

Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).


SAHIFANI YANGILASH

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyatsiyani kuzatishingiz mumkin bo'ldi.


96. UCHRASHUV YAKUNLANDI!


94. Braziliya so'nggi daqiqalarda oldinga o'tmoqda. 


90. Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


89. So'nggi daqiqalarga kelib maydonda temp ko'tarildi. Kurashlar kechmoqda. 


87. Telegramdagi kanalimizda Qatardagi o'yinlardan ajoyib suratlar joylashtirildi. 


86. Har ikki jamoa tarkibida o'zgarish: Braziliyada Aleks Sandro o'rniga Aleks Telles, Shveytsariyada esa Vidmer o'rniga Fabian Fray.


83. GOOOOOLLL!! KAZEMIRO! Rodrigoning pasidan so'ng o'ng oyoqdagi ajoyib zarba! Hisob ochildi nihoyat! 1:0!


77. Uchrashuvni 43649 nafar muxlis kuzatayotganini Qatardagi hamkasbimiz Tolibjon Qosimov ma'lum qildi. 


75. Shveytsariyada ham ikkita o'zgarish: Sov va Embolo chiqib ketdi. Ebisher va Seferovich o'yinni davom ettiradi. 


73. Braziliyada ikkita o'zgarish: Risharlison va Rafinoya o'rniga Antoni hamda Jezus maydonga tushirildi. 

70. Braziliya hujumni daom ettirmoqda. 


68. Gol bo'lgan vaziyatda Risharlison o'yindan tashqari holatda qolgan ekan. 


64. GOOOOL! VINISIUS!  Yo'q! Gol hisobga olinmadi. VAR ushbu vaziyatda ofsayd borligini qayd etdi. Hisob ochilmadi - 0:0! Davom etamiz!


58. Braziliyada Fred o'rniga Bruno Gimarays maydonga tushdi. Shveytsariyada esa Vargas bilan Rider o'rniga Fernandes hamda Steffen o'yinni davom ettiradi.  


56. Sal qolishiga sal qoldi... Vinisiusning oshirgan zarbasi va Risharlisonnnnn. Unga biroz aniqlik etishmadi. 


55. Ma'lumot: JCHlarda Braziliya va Shveytsariya o'rtasida ikkita o'yin o'tkazilgan va ularning har ikkisida durang qayd etilgan. 

53. Shveytsariya oldinga o'tmoqda. 


52. Fred raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 


50. Rider Rodrigoga qarshi tirsakni ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 


47. Vinisius o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 


46. Braziliyada Paketa o'rniga Rodrigo o'yinni davom ettiradi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


Tanaffus vaqtida ushbu uchrashuvga atalgan prevyuni o'qishingiz mumkin. Nig'monxo'ja Nozimov saytimiz muxlislari uchun maxsus: JCH-2022. Neymari yo'q Braziliyaning Shveytsariyaga qarshi o'yini uchun prevyu


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam bir daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


44. Stadionda bir necha soniyalarga chiroq o'chib qoldi.


42. Braziliya hujumlarni davom ettiryapti. 


39. Shveytsariya oldinga o'tdi. Vargas raqib jarima maydonchasi ichida himoyachilarni aldashga urindi. U buni uddalagandi ham. Ammo yakunda zarbaga aniqlik etishmadi.  


33. Militao o'yin qoidasini buzmasdan, "korpus"ni ishga solgan holda raqibdan to'pni olib qo'ydi. 


31. Rafinyadan zarbaaaa! Chap oyoqdagi zarbani Zommer ushlab oldi. Izi)


30. Braziliya ustunlik qilishda davom etmoqda. 


27. Zarbaaaaa! Vinisiusssss! Zommer bu vaziyatda ajoyib seyv namoyish etdi!


23. Tiago Silva o'yin qoidasini buzdi.  


20. Paketaning etkazib bergan to'pidan Risharlison unumli foydalana olmadi. Shveytsariya himoyachilari unga imkon berishmadi. 


17. Rider oldinga o'tgandi. Ammo... Hujumda fol.


13. To'p yana Risharlisonda. Biroq bu safar u to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 


12. Braziliya o'ng qanotdan oldinga o'tishdi. Risharlisonning pasi raqib himoyachisi tomonidan qaytarildi. 


10. Asosan yevropaliklar oldinga o'tishmoqda. 


6. Ilk burchak zarbasini Shveytsariya amalga oshirdi. Hujum braziliyaliklar tomonidan bartaraf etildi. 


4. Kazemiro o'yin qoidasini buzdi. 


1. Uchrashuv boshlandi! Shveytsariya boshlab berdi!


- Davlatlar madhiyalari yangramoqda


- Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 


- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Braziliya hamda Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyatsiyani boshlaymiz. 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia