JCH-2021. O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
26 sen 2021, 05:10
Ayni paytda Litva mamlakatida futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom ettirilmoqda.

O'zbekiston futzal terma jamoasi 24 sentyabr kuni mundialning nimchorak finali doirasida Eronga qarshi kurash olib borgan va 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib mardlarcha musobaqani tark etgan edi. Bugun Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi. Vilnyus - Istanbul - Toshkent reysi bilan ortga qaytgan qahramonlarimizni muxlislar va OAV vakillari kutib olishdi. Futzalchilarimizning kutib olinishidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov


Futzalchilarimizning kutib olinishidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia