JCH-2018 saralashi. Italiya pley-offda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2017, 08:28
Italiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Makedoniya bilan durang o'ynadi.

Saralash bahslari tugashiga 1ta tur qolganida Italiya peshqadam Ispaniyadan 5 ochkoga ortda qolmoqda, uchinchi o'rindagi Albaniyadan 7 ochko oldinda bormoqda.

Shu tariqa, Italiya o'z guruhida ikkinchi o'rinni olib Rossiyadagi o'tadigan mundialga chiqish uchun pley-off bahslarida ishtirok etadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: