JCH-2018 saralashi. Genki Xaraguchi ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2016, 14:36
Yaponiya terma jamoasi bugun JCH-2018 saralashi doirasidagi Avstraliya bilan bellashmoqda.

Uchrashuvning 5-daqiqasida yaponlar hisobni ochishdi. Xondaning pasidan so'ng Genki Xaraguchi gol urdi.

Qizig'i "Gerta" klubi hujumchisi JCH-2018 saralashi doirasida ketma-ket uchinchi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan turlarda 1991 yilda tug'ilgan futbolchi Tailand va Iroq darvozalarini ishg'ol qilgan edi.

Shunday qilib, Xaraguchi terma jamoadagi 18-uchrashuvida maydonga tushib 5-golini urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia