JCH-2018: Angliya - Xorvatiya. Londondagi mashhur istirohat bog'laridan birida 30 ming muxlis uchun fan-zona tashkil etiladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2018
Angliyada JCH-2018 yarim final doirasida Xorvatiya termasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Eng yirik fan-zonalardan biri Gayd nomli istirohat bog'ida tashkil etiladi. Tashkilotchilar katta ekran o'rnatish bilan ovvora va uchrashuvni bu erda 30 ming muxlis tomosha qila oladi.

Kirish – bepul, chiptalar lotoreya yo'li bilan o'z egalarini topadi. Bunga sabab, o'yinni aynan shu erdan tomosha qilish istagini bildirganlar soni, imkoniyatlardan ko'proqni tashkil qiladi. E'tiborlisi, Londondagi bu fan-zona 1996 yildan beri eng kattasi bo'lib tarixga kiradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru