JCH-2002'da porlagan Janubiy Koreya termasi sobiq futbolchisi vafot etdi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2021, 13:41
YU San Chxol og'ik kasallikdan so'ng bu hayotdan ko'z yumdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi sobiq futbolchisi oshqozonosti bezi saratonining to'rtinchi bosqichi tufayli 49 yoshida vafot etdi. 

Chxolning kasalligi 2019 yil oktyabr oyida aniqlangan. JCH-2002 yarim finalchisining o'limi haqida "KBS" telekanali xabar berdi.

YU San Chxol Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi sifatida Janubiy Koreya va Yaponiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining 1/2 finaliga chiqqani bilan tanilgan. Gus Xiddink boshchiligidagi terma yarim finalda Germaniyaga yutqazgan va uchinchi o'rin uchun bahsda Turkiya bilan to'qnash kelib, mag'lubiyatga uchragan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "KBS" телеканали