

Jazoir futbol federatsiyasi rasmiy bayonotida shunday deyiladi:
"Birodar Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida hamda G'azo sektorida bosqinga uchragan Falastin xalqi, solih shahidlar ruhiga hurmat ko'rsatish niyatida, Jazoir futbol federatsiyasi (FAF) barcha futbol turnirlarini to'xtatib turishga qaror qildi".
Avvalroq, Falastin terma jamoasining o'yinlari aynan Jazoirda tashkillashtirilishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



