

- G'alaba qozonish, sovrin yutish doimo yoqimli. Aytganingizdek, "Nasaf" doimiy sovrin yutmoqda, bu ham yoqimli holat. Bu esa "Nasaf" to'g'ri tizimni yo'lga qo'yganini anglatadi. "Andijon" jamoasi ham kuchli jamoa, muxlislari bilan ajralib turadi. Bunday finallar esa bitta o'yinga bog'liq. Bugun juda chiroyli, shiddatli o'yin bo'ldi. Sovrin bizga nasib qilgan ekan, bundan xursandmiz. G'alabani Qashqadaryo ahliga, futbol muxlislariga bag'ishlaymiz.
Qayd etish kerak, "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta Superkubokni qo'lga kiritdi. O'tgan ikki yilda "Nasaf" Superkubok uchrashuvlarida "Paxtakor"dan ustun kelgandi.



