

– O'yin haqida...
– Hamma aytadigan gap, o'yin shunday qiyin bo'lishini bilgandik. Bunaqa jamoalarga qarshi o'yindan oldin futbolchi o'zini engib, maydonga chiqishi kerak. Qo'rqmasdan o'ynash kerak. Yigitlar zo'r o'ynadi, faqat men emas, hamma zo'r o'ynadi, deb o'ylayman. Xullas, yaxshi o'yin bo'ldi. Hisob 0:0 bo'lgan bo'lsa ham, muxlislarga yoqadigan chiroyli o'yin bo'ldi.
– Yakka tarzda, masalan, "Neftchi"ni to'xtatib qoldingiz. Orada nima o'zgarish bo'ldi?
– Ivankov ish boshladi. Endi, baribir mavsum boshlanganda kimdir zo'r o'ynab ketishi mumkin, kimdadir bu o'xshamasligi mumkin. Bizda ham xuddi shunaqa holat bo'ldi. Yaxshi boshlamadik. Ikkala darvozabon ham qayerdadir xato qildik, jamoani qutqara olmadik. Endi, Xudoga shukur, o'sha xatolarimizning o'rnini sekin-sekin yopyapmiz.
– Olmaliqqa qaytganinglar qanchalik dalda beryapti?
– Har doim aytishadi-ku, "Devorlar ham yordam beradi", deb. Muxlislar kelyapti. Kam muxlis bo'lsa ham, lekin yaxshi qo'llab-quvvatlashyapti. Muxlislarning stadionga ko'proq kelishini xohlaymiz. Sekin-sekin yigitlar yaxshi formaga kiryapti. Shuningdek, jamoamizga yangi qo'shilganlar bor edi, boshida murabbiyimizning ko'p ko'rsatmalarini tushunmayotgan bo'lishimiz mumkin yoki qayerdadir oxirigacha bajarmayotgan edik. Hozir 100 foiz bajarishyapti, shuning orqasidan natijalar kelyapti, o'yinlar yaxshi, hamma bir-birini tushunib, to'g'ri harakat qilyapti.



