Javlon Guseynov Tailand klubiga o'tdi FOTO

Narzulla Saydullayev
16 dek 2016, 16:56
"Andijon" klubi himoyachisi Javlon Guseynov faoliyatini Tailandda davom ettiradi.

O'zbekistonlik futbolchi Tailandning "Chainat Xornbill" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu klub yakuniga etgan mavsumda Tailand oliy ligasida 18 jamoa orasida 17-o'rinni band etib quyi ligaga tushib ketdi.

Keyingi yil klub Tailand birinchi divizionida ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, "Chainat Xornbill" klubida fransiyalik Floran Sinama Ponol, yaponiyalik Kazuto Kushida, braziliyalik Reys, Renan Silva va Uesli Aleks kabi legionerlar o'ynashadi.

Javlon Guseynov yakuniga etgan mavsumda 18ta uchrashuvda 1421 daqiqa o'ynadi va 5ta sariq kartochka oldi.

Javlon Guseynov yangi klubi safida

Floran Sinama Ponol "Liverpul" safida Yevropa chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan

Sinama Ponol "Chainat" safiga kelib qo'shilganda tushgan rasmi


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia