Jasurbek Yaxshiboev - Belarus chempionatidagi debyut o'yinida dubl qayd etgan beshinchi legioner

Alisher
24 mar 2020
"Energetik-BGU"ning o'zbekistonlik forvardi Jasurbek Yaxshiboev chempionatning dastlabki turi doirasidagi BATEga qarshi o'yinda ikkita gol urishga erishdi.

Agar 1992 yilda mustaqillikdan so'ng turnir boshlangan paytdagi dubllarni hisobga olmasak (u paytda hamma debyut qilgan), Yaxshiboev ilk o'yinda ikkita to'p kiritgan to'qqizinchi o'yinchi (beshinchi legioner) bo'ldi.

Yaxshiboevdan oldin Belarus chempionatida debyut o'yinidayoq dublga erishgan legioner futbolchilar:

Andrey Pomelnikov - "Vedrich" safida, ukrainalik

Aleksandr Pishur - "Dnepr-Transmash", ukrainalik

Fyodor Chernix - "Dnepr" - litvalik

Ayka Musaxanyan - "Energetik" - fransiyalik


AlisherMuallif
Manba: pressball.by