Jasur Jaloliddinov: "Loko"da mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim, taassurotlar juda zo'r"

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2020
Moskvaning "Lokomotiv" klubiga transfer bo'lgan va "temiryo'lchilar" bilan 5 yillik shartnoma tuzgan sobiq "qaldirg'och" Jasur Jaloliddinov saytimizga yangi jamoasidagi ilk taassurotlari bilan bog'liq fikrlarini bildirdi.

"Top darajadagi klubga kelish yoqimli. "Bunyodkor" bilan shartnoma muddati tugashiga oz qolgandi hamda oldimda shunday variant paydo bo'lgandi va men "Loko"ga o'tishni tanladim. O'ylashimcha, o'zim uchun eng maqul bo'lgan jamoaga o'tdim. Taassurotlarim juda zo'r.

Bugun jamoa bilan ikkinchi kun mashg'ulotlarni o'tkazdim. Kelishimdan avval bu erda ko'plab yangi futbolchilar kelib-kyetishini inobatga olib, meni iliq qabul qilishsa kerak deb o'ylagandim. Haqiqatdan ham jamoa meni xuddi avvaldan bilib yurgandek, o'zinikidek iliq qabul qildi. Menga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo'lishmoqda", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Jasur Jaloliddinov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia