Jasur Abduraimov - "Metallurg" bosh murabbiyi!

Xayrulla Xoliqov
15 mar 2021
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, "Metallurg" klubida o'zgarish ro'y bergan.

Jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Andrey Shipilov o'z lavozimini tark etib, o'rniga Jasur Abduraimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ma'lumki, Jasur Abduraimov "Paxtakor" murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Xabaringiz bor, "Metallurg" o'tgan tur safarda "Surxon"ga mag'lub bo'ldi. Lekin Shipilovning iste'fosiga bu mag'lubiyat sabab bo'lmasa kerak. Bekobodliklar 2-tur bahsini ertaga "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazishadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia