JAR klublar o'rtasidagi JCHni qabul qilishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021, 20:35
Sababi ma'lum.

Janubiy Afrika Respublikasi shu yilning dekabriga rejalashtirilgan 2021 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'zida o'tkazishni xohlamayapti.

BBC ma'lumotiga ko'ra, Afrika mamlakati koronavirus bilan bog'liq og'ir vaziyat tufayli musobaqani o'tkazishdan bosh tortdi.

Avvalroq xuddi shunday sabablarga ko'ra, Yaponiya KJCHdan bosh tortgandi. Endi musobaqa katta ehtimol bilan BAAda o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi chempionatga Qatar mezbonlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC