

"Biz hech qachon O'zbekiston terma jamoasining o'yinlari natijalariga qiziqmasdik. Biz faqat o'z o'yinlarimiz haqida o'ylardik.
Ammo, navbatdagi o'yin aynan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'ladi. Ularga qarshi o'yinga yaxshi tayyorlanib, g'alabaga erishmoqchimiz. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deya "Red Bull Zalcburg" futbolchisining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda OFK rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Janubiy Koreya to'qnashuvi 5 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00da boshlanadi.



