

O'yin haqida
- O'yindan qoniqqanim yo'q. Agarda uchrashuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganimizda, g'alaba qozonardik, deb o'ylayman. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Janubiy Koreya birinchi bo'limda o'z uslubiga sodiq qolgan holda paslar orqali tartibli o'yin namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda esa O'zbekiston tomonidan uyushtirilgan pressing evaziga shogirdlaringizda shoshqaloqlik kuzatildi. Buni qanday izohlaysiz?

- Birinchi bo'limda bosimni yaxshi ushlab turdik. O'zbekiston terma jamoasining erkin o'yin namoyish etishiga yo'l qo'ymadik. Ikkinchi bo'limda esa himoyachilarimizning bazi xatolari qimmatga tushdi.
- Turnir avvalidagi matbuot anjumanida O'zbekistondan 6 ochko bilan qaytamiz, deb aytib o'tgandingiz. Bunday natijaga erisholmaganingizga nima sabab bo'ldi?

- Oxirgi natijadan butun jamoa qoniqmadi. O'yinchilar bugun ko'p harakat qildi, shunga qaramay, uchrashuvdan qoniqish hosil qilmadim.



