Janubiy Koreya terma jamoasi bir futbolchisidan ayrildi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2018
Janubiy Koreya terma jamoasi Pak Ju Xu jarohat tufayli JCH-2018 uchrashuvlarida boshqa maydonga tushmaydi.

31 yoshli futbolchi Shvetsiyaga qarshi mundial o'yini (0:1) paytida jarohat oldi. U bahsning 28-daqiqasidayoq maydonni tark etdi.

Pak boshqa o'ynay olmasligiga qaramasdan u jamoa bilan qoladi. Janubiy Koreya terma jamoasi 23 iyun kuni Meksika, 27 iyunda esa Germaniya bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN