Janubiy Koreya futbol federatsiyasi "Bavariya" bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2019
"Bavariya"da yangi hamkor paydo bo'ldi.

Myunxen klubi Janubiy Koreya futbol federatsiyasi bilan shartnoma tuzdi.

"Bavariya" futbolchi va murabbiylar uchun maxsus mashg'ulot programmasini ishlab chiqadi. Ular Janubiy Koreyada qo'llaniladi. Kelishuvda birgalikda yig'in o'tkazish, o'rtoqlik uchrashuvlari tajriba almashish bandlari bor.

"Bavariya" 2018 yilning may oyida Yaponiya futbol federatsiyasi bilan shunday shartnoma imzolagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de