Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Biz jahon chempionatiga tayyormiz"

Xayrulla Xoliqov
12 iyun 2018
JCH-2018 bahslari boshlanishiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda. Janubiy Koreya bosh murabbiyi Shin Tae Yong mundial oldidan jamoasi tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

Tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Avstriyada olib borgan koreyaliklar ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozona olishmadi. Shunga qaramay, bosh murabbiy yig'indan ko'ngli to'lganini aytib o'tdi.

J.Koreya terma jamoasi 23 nafar futbolchi bilan 3 iyundan Avstriyada o'quv-mashg'ulotlarni boshladi. Ular avvaliga Boliviya bilan 0:0 o'ynagan bo'lsa, keyinroq Senegalga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Jamoa ustozi Shin Tae Yong shunday dedi:

- "Biz uchun yig'in yaxshi kechdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etilgan natijalarga e'tibor bermasligingizni so'rayman. Hammasi jahon chempionatida ma'lum bo'ladi. Men hozir bor e'tiborni jamoaning taktikasi hamda asosiy tarkibni aniqlab olishga qaratganman".

- "Guruh o'yinlarini Shvetsiya, Meksika va amaldagi chempion Germaniyaga qarshi o'tkazamiz. Men Shvetsiyaning 10tacha o'yinini ko'rdim va ularni yaxshi o'rgandik. Agar imkoniyatlardan foydalana olsak, shvedlar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, biz mundialga tayyormiz".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia