Janni Infantino: “Xokkeyni unutinglar, Rossiya futbol vatani!”

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2018, 08:14
FIFA prezidenti Janni Infantino Katta opera teatrida o'tkazilgan gala koncertda so'zga chiqib, JCH-2018ni yuqori saviyada tashkil etgan Rossiyani maqtadi.

“Janob Putin, hurmatli do'stlar! Afsuski, hozircha rus tilida gapira olmayman. Lekin o'rganishni boshladim. Aslida shu erning o'zida bo'lib turganimdan baxtiyorman. Butun dunyoning nigohi Moskvaga, “Lujniki” stadioniga qaratiladi. To'rt milliard inson mundialni kuzatib boryapti. 

Fursatdan foydalanib, tashkilotchilar, katta teatr sahnasida ajoyib futbol spektaklini namoyish etgan barcha aktyor-futbolchilarga o'z tashakkurimni izhor qilaman. Futbolchilarni o'yinga har tomonlama tayyorlagan murabbiylarga ham alohida rahmat aytmoqchiman. 

Bir narsani aniq ayta olaman, Rossiya qishki sport turlari, aniqrog'i xokkey emas, chinakamiga futbol vataniga aylandi. Rossiyaliklar, xokkeyni unutinglar! Cherchesov, Akinfeev va boshqa futbolchilar rossiyaliklarga katta bayram quvonchini ulasha olishdi”, – dedi Infantino.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: