Janluiji Buffon va Gonsalo Iguain "Torino"ga qarshi o'ynamaydi
Tolibjon Qosimov
6 may 2017, 20:59
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati 35-turida "Torino"ga qarshi darvozabon Janluiji Buffon va hujumchi Gonsalo Iguainlarga dam berishga qaror qildi.
Bu haqda "keksa sinoralar" rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchilar YCHL yarim final javob o'yiniga tayyorlanishadi.