Jaka: "Arteta bo'lmaganida hozir "Arsenal"da o'ynamas edim"

Mirjalol Normatov
30 dek 2021
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka jamoada qolgani sababini aytdi.

"Aynan Mikel Arteta sababli haligacha klubda borman. Ikki yil oldin nimalar bo'lganini barcha biladi. Menimcha muxlislar bilan bo'lgan munozaralarni barcha eslasa kerak. Agarda Arteta bo'lmaganida hozir "Arsenal"da o'ynamasdim", - dedi Jaka.

Arteta 2019 yilning dekabrida "Arsenal"ga bosh murabbiy bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal