Jahon chempionati qur'asiga FIFA afsonalari tashrif buyurishadi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017
FIFA afsonalari 1 dekabr kuni Moskvadagi Kreml saroyida bo'lib o'tadigan jahon chempionati qur'a marosimiga tashrif buyurishadi.

Bundan tashqari, futbol yulduzlari qur'a jarayonida tadbir boshlovchilari Gari Lineker va Mariya Komandnayaga yordam berishadi. Jahon chempionatlarining eng yaxshi to'purari Miroslav Kloze esa sahnaga mundial Kubogini olib chiqadi.

Afsonalar ro'yxati:

Sami Al-Jabir (Saudiya Arabistoni), Dmitriy Alenichev (Rossiya), Tomas Bertold (Germaniya), Tomas Brolin (Shvetsiya), Emilio Butrageno (Ispaniya), Xorxe Kampos (Meksika), Chxa Bom Gin (Janubiy Koreya), Ali Dai (Eron), Rinat Dasaev (Rossiya), Xulio Deli Valdes (Panama), Marsel Desayi (Fransiya), Korin Dyakr (Fransiya), Dide Drogba (Kot-d'Ivuar), Samuel Eto’O (Kamerun), Serxio Goykochea (Argentina), Xasan Xusam (Misr), Rene Igita (Kolumbiya), Nvankvo Kanu (Nigeriya), Aleksandr Kerjakov (Rossiya), Karina Leblan (Kanada), Mexdi Maxdavikiya (Eron), Kacuyosi Miura (Yaponiya), Paolo Montero (Urugvay), Jey Jey Okocha (Nigeriya), Pak Chji Sun (Janubiy Koreya), Pele (Braziliya), Ronaldinyo (Braziliya), Ronaldo (Braziliya), Ugo Sanches (Meksika), Seliya Shashich (Germaniya), Aleks Skott (Angliya), Devid Simen (Angliya), Aleksey Smertin, Dmitriy Sennikov (ikkisi - Rossiya), Paulo Vanchope (Kosta-Rika), Klarens Zeedorf (Gollandiya), Peter Shmeyxel (Daniya), Lotar Matteus (Germaniya).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com