Jahon chempionati ishtirokchisi bosh murabbiy bilan xayrlashdi

Оқил Абдубарноев
12 avg 2022
Marokash terma jamoasi bosh murabbiy Vohid Halilxojich bilan Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga uch oy qolganda xayrlashdi.

Mamlakat futbol federatsiyasi bu qaror jamoani final bosqichiga tayyorlash borasidagi kelishmovchiliklar tufayli qabul qilinganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, 69 yoshli Halilxojich 2019 yilning avgustidan buyon shimoliy afrikaliklarni boshqarib kelayotgandi.

Mutaxassis joriy yil Kamerunda bo'lib o'tgan Afrika Millatlar kubogida jamoani chorak finalgacha olib chiqdi, qolaversa, mart oyida o'tkazilgan saralash bosqichida Kongo Demokratik Respublikasi ustidan umumiy 5:2 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC