Izzatilla Abdullaev: "Bitta g'alaba bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
10 mar 2024
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Izzatilla Abdullaev "Olimpik" bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Bu yil tarkibdagi ko'p futbolchilar yangiligi uchun o'yinimizni shakllantirib olishga biroz vaqt kerak bo'ladi. O'yindan-o'yinga formaga kirib olamiz, deb o'ylayman. Ko'rgan bo'lsangiz, "Metallurg" bilan o'yinga qaraganda "Olimpik" qarshi hujumlarimiz xavfli chiqdi. Penaltidan gol urgan bo'lsakda g'alaba qozondik. Bu eng asosiy narsa. Bitta g'alaba bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q.

Oldinda bizni derbi kutmoqda. "Paxtakor" bilan bahsga ham xuddi shu ruhda tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Izzatilla Abdullaev.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi 14 mart kuni 18:45da boshlanadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia