Izzat G'aniev "So'g'diyona" lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018
Ma'lum muddat "So'g'diyona" jamoasining o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etgan Izzat G'aniev kuni-kecha klub lagerini tark etdi.

Muxlislarga yaxshi ma'lumki, yarim himoyachi o'tgan mavsum faoliyatini Bahrayn chempionatida olib borgandi. Yanvar oyida unga jizzaxliklar ustozi Aleksandr Mochinov taklif bilan chiqqan. Sababi ilgari G'aniev ushbu murabbiy bilan birga ishlagandi.

Ammo yaqinda Izzat G'aniev klub rahbariyati bilan ayrim masalalarda kelisha olmagan. Natijada futbolchi o'ziga yangi jamoa topishga qaror qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia