Ixtiyor Ropiev: "Ishontirib aytamanki, xalqimizni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2021
O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvada boshlangan Jahon chempionatining 1-turida Gvatemalaga qarshi o'ynadi.

Vakillarimiz 4:5 hisobida yutqazib qo'ydi. Biz mazkur bahsda xet-trikka erishgan Ixtiyor Ropievning fikrlariga quloq tutdik.

- Uchrashuv davomida raqiblar darvozasini ishg'ol qilish uchun yaxshi vaziyatlarni yuzaga keltirdik, - deya so'z boshladi Ropiev. Oxirgi soniyalarga gol o'tkazib yuborishimiz hech kimning xayoliga kelmagandi. Fikrimcha, uchrashuvda omadimiz kelmadi. Gvatemalaga qarshi o'yinni unutdik va oldimizda turgan baxslarga e'tibor qaratyabmiz. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz va Rossiya bilan bo'ladigan bahsda avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz lozim.

“Guruhdoshlarimiz Rossiya va Misr xususida haqida nima deyiishim mumkin? Ikkisi ham jiddiy. Ammo o'ynasa bo'ladigan raqiblar. Maqsadimiz guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Ishontirib aytamanki, xalqimizni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz", - deydi Ixtiyor Ropiev. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia