

Xorvatiyalik futbolchining fikricha, Koutinoning transferiga meyoridan ko'p pul sarflangan.
“Mening fikrim hech narsani anglatmaydi, lekin unga ko'p pul to'landi. Shunday bo'lsada, jamoamizga ajoyib futbolchi kelib qo'shilganidan xursandmiz. Klub prezidenti va barchani ushbu transfer bilan tabriklayman. Endi Koutino oilamiz a'zosi”, - deya fikrini bildirgan Rakitich.
E'tiborga molik jihati shundaki, Ivan bundan bir muddat avval agar Koutinoning transferi amalga oshsa, “Barselona”dan ketishini ma'lum qilgan edi.




