Ivan Boshkovich: "Natijaga men javob beramanmi, demak tarkibni ham men tanlayman"

Alisher
29 mar 2025, 23:14
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta bugungi o'yinga mezbonlar juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishibdi. Vaziyatilar yaratdik, foydalana olmadik. Penaltida ham omadimiz kelmadi. Hujumlarni yakunlashda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Ishlashda davom etishimiz kerak. Futbolchilarimga etirozim yo'q, ular harakat qilishdi. Mavsum starti biz uchun og'ir keldi. Ketma-ket 3 ta turdan beri muvaffaqiyatsizliklarga uchrayapmiz. Natijaga murabbiy javob beradi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Bugun "Mashal" ruhiyat ishonchi bilan yutib ketdi.



- Milan Mitrovich so'ngi vaqtlarda tarkibga kirmayapti. Shuningdek, Luka Jorjovichga ishonch bildirilmayapti. Shuningdek, yoshlar terma jamoasi yig'inida ishtirok etib qaytgan qator futbolchilar tarkibdan chetda qolishdi. Bularga qanday izox berasiz?

- Natijaga javob beruvchi murabbiy men bo'lsam, demak tarkibni o'zim hal qilaman. Mashg'ulotlarda ishlaymiz, har bir futbolchinining indivudial holati ko'rinadi. Eng tayyor bo'lganlarni maydonga tushiramiz. Tarkibimizda yosh futbolchilar bor, mavsum davomida turli rotaciyalarga qo'l urishimiz aniq. Jamoamiz a'zosi bo'lgan barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etamiz.








AlisherMuallif
Manba: championat.asia