Italiyaning uchta top-klubi Lingard uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
11 apr 2022
"Yuventus", "Milan" va "Roma" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardga qiziqmoqda.

Futbolchi yangi klubiga yozda erkin agent maqomida o'tishi mumkin. Xavbekka oldinroq "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirgan edi.

Futbolchining o'zi faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishni xohlaydi, u bungacha London klubida ijara asosida harakat qilgan.

Yarim himoyachi joriy mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.






AlisherMuallif
Manba: Mirror