Italiyada yana bir janjal! Federatsiya prezidenti pul o'zlashtirishda gumon qilinmoqda

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriel Gravina pul yuvish va o'zlashtirish jinoyatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriel Gravina 2018 yildan boshlab liganing televizion huquqlarini sotishda pul yuvish va o'zlashtirish jinoyatlarini sodir etganlikda gumon qilinib, Rim prokuraturasi reestriga kiritildi.

Gumonlanuvchi 300 ming evro atrofida o'zlashtirilgan mablag'larga aloqadaorligi bilan bir qatorda Milan shahrida kvartira sotib olgan. Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport