Italiyada jamoa B Seriyaga tushib ketsa futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda sezilarli darajada kamayadi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025, 12:59
Endi B Seriyaga tushib ketgan jamoalar futbolchilari 25% kamroq maosh oladi.

Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi (AIC) va A Seriya ligasi o'rtasidagi yangi 5 yillik shartnomaga maxsus band kiritildi.

Agar A Seriyada ishtirok etayotgan jamoa B Seriyaga tushib ketsa, futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda 25%ga kamayadi. Yangilik joriy yilning 2 sentyabridan boshlab imzolangan shartnomalarga ta’sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, agar klub va o'yinchi boshqacha (B Seriyaga tushib ketganda) kelishib olishsa, maosh (asosiy oylik) kamaytirilmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport