Italiya chempionati. Ronaldu “Yuventus”ning 5000-goliga mualliflik qildi

Italiya A seriyasining 16-turida “Yuve” safarda “Torino”dan ustun keldi.

Uchrashuvda Krishtianu Ronalduning 70-daqiqada penaltidan kiritgan goli mehmonlarga g'alaba keltirdi. Bu “keksa senora”ning Italiya yuqori divizonida kiritgan 5000-goli sifatida qayd etildi. Turin superklubi A seriyada ushbu marrani zabt etgan ilk klubga aylandi. 

“Yuventus” ayni paytda 46 ochko jamg'arib Italiya A seriyasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Turinliklarning joriy mavsumdagi g'alabali seriyasi ettita uchrashuvga etdi. Allegri jamoasi keyingi turda, 22 dekabr kuni o'z maydonida “Roma” bilan kuch sinashadi.


Manba: championat.com