Italiya A Seriyasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2021, 22:38
Milanning "Inter" klubi a'zosi o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.

Italiya ligasi matbuot xizmati xabariga ko'ra,  "Inter" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu Italiya chempionatining noyabrdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.

Turkiyalik xavbek kuzning oxirgi oyida A Seriyada 3 o'yinda 3 ta gol urdi: "Milan" (1:1), "Napoli" (3:2) va "Veneciya" (2:0.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: legaseriea.it