"Istiqlol" O'zbekistonda "Navbahor", "Lokomotiv" va "Andijon" bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 10:57
"Istiqlol" matbuot xizmati jamoaning Toshkentdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasida uch o'rtoqlik o'yini o'tkazilishini ma'lum qildi.

20 iyul kuni Toshkentga yetib keladigan jamoa 22 iyul kuni "Navbahor"ga qarshi o'ynaydi. "Istiqlol" 30 iyul kuni Tojikistonga qaytib ketadi.

22 iyul, "Navbahor" markaziy stadioni

"Navbahor" - "Istiqlol"

25 iyul, "Lokomotiv" stadioni

"Lokomotiv" - "Istiqlol"

29 iyul, "Bunyodkor" stadioni

"Andijon" - "Istiqlol"


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Истиқлол" матбуот хизмати