Ispaniyada futbolchi dahshatli tarzda halok bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020
"Las-Palmas" futbolchisi Xorxe Sanches Vaka 17 yoshida halok bo'ldi.

"Sanches Vaka kelasi mavsumda yoshlar jamoamiz a'zosiga aylanishi kerak edi. Uning o'limi sababli oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Bugun "Las Palmas" tarixidagi qora kunlardan biri. Hissiyotlarimizni tariflab bera olmaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

"Marca" xabariga ko'ra, Vaka hamda 15 yoshli do'sti Badaxosdagi Orelyana kanalida cho'milayotgan paytda cho'kib ketgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca