Ispaniyada darvozabon o'z tug'ilgan kunida hujumga o'tmay gol urdi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018
"Lugo" darvozaboni Xuan Karlos o'zining tug'ilgan kunida hujumga bormay gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Posbon "Sporting"ga qarshi Segundaning (Ispaniyaning ikkinchi darajali ligasi) 23-tur bahsida 65 metrdan zarba berib, o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Karlosning zarbasidan so'ng hisob 3:1 ko'rinishiga keldi va "Lugo" ishonchli g'alabaga erishdi.

20 yanvar kuni darvozabon 30 yoshga to'ldi. Karlos faoliyati davomida "Rayo Valekano", "Erkules", "Kordoba" va "Elche" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com