Ispaniya. Xitoylik futbolchining goli "Espanol"ga bir ochko taqdim qildi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 17:59
Ispaniya chempionatining 24-turida "Espanol" jamoasi safarda "Sevilya" bilan bahs olib bordi.

Ushbu o'yinda xitoylik futbolchi Vu Ley gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo 80-daqiqada "Sevilya" futbolchisi Suso jamoaga ochko keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Durang natija "Espanol"ni 20-o'rindan bir pog'ona yuqoriga ko'tardi.

Sevilya – Espanol 2:2

"Ramon Sanches Pisxuan"

Gollar: 1:0 – 15 Okampos, 1:1 – 35 Embarba, 1:2 – 50 U Ley, 2:2 – 80 Suso.

Sevilya – Vaclik, Diego Karlos, Serji Gomes, Navas, Regilon (Gudel, 54), Fernando, Vaskes (Nolito, 46), Suso, Banega (de Yong, 65), Okampos, En-Nesiri.

Espanol – Diego Lopes, Kabrera, Pedrosa, Espinosa, Xavi Lopes, Sanches, Darder, Embarba (Kalero, 74), Roka, U Ley (Viktor Gomes, 72), Kaleri (Ferreyra, 82).

Ogohlantirish: Serji Gomes (33), U Ley (38), Sanches (49), Gudel (58), Roka (84).

Chetlatish: Sanches (69).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia