Ispaniya terma jamoasi futbolchilari koronavirusga qarshi emlanadi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021
Evro-2020 oldidan "qizil furiya" vakcina oladi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari koronavirusga qarshi emlanadi.

COPE'ning ma'lum qilishicha, 8 iyun, seshanba kuni Ispaniya Sog'liqni saqlash vazirligi terma jamoani koronavirus infekciyasiga qarshi emlash uchun ruxsatnoma beradi. Ma'lum qilinishicha, Ispaniya terma jamoasi avval ham xuddi shunday iltimosnoma bilan murojaat qilgan, ammo u rad etilgan. 

Eslatib o'tamiz, 6 iyun kuni terma jamoa yarim himoyachisi Serxio Busketsda COVID-19 aniqlangandi. Ushbu voqeadan so'ng, Sog'liqni saqlash vazirligi o'z qarorini o'zgartirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE