Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Le Norman – Yevropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri"

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jurnalistlar bilan suhbatda himoyachi Robin Le Normanning o'yini haqida gapirdi.

De la Fuente "Marca" nashriga bergan intervyusida Le Normanning o'yinidan juda mamnun ekanligini ta'kidladi. Mutaxassis futbolchining kuchli tomonlaridan boxabarligini aytdi.

"Le Norman – Yevropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Uni tanlaganimda, o'z ishini a'lo darajada bajaradigan va jamoamizning g'alaba qozonishiga yordam beradigan katta professional ekanligini juda yaxshi bilardim", – dedi de la Fuente.

Eslatib o'tamiz, Robin Le Norman "Atletiko"da o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: