Ispaniya Superkubogi uchrashuvlari sanasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
29 sen 2025
Madrid derbisi 2025/26 yilgi mavsumda Ispaniya Superkubogi yarim finalining asosiy intrigasi bo'ladi.

"Atletiko" – "Real" uchrashuvi 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi. Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) turnir uchun tarkib va joyni rasman tasdiqladi.

Musobaqa qatnashchilari:

"Barselona" – Ispaniya chempioni va Ispaniya Kubogi sohibi;

"Real" – Ispaniya vice-chempioni va Ispaniya Kubogi finalchisi;

"Atletiko" – Ispaniya chempionati 3-o'rin sohibi;

"Atletik" Bilbao – Ispaniya chempionati 4-o'rin sohibi.


Yarim final juftliklari:

7 yanvar: "Barselona" – "Atletik" Bilbao

8 yanvar: "Atletiko" – "Real" 


Final 11 yanvar sanasiga belgilangan.


Turnir formati

Superkubok "To'rtlik final" formatida o'tkaziladi: ikkita yarim final va final. Agar asosiy vaqt durang bilan tugasa, jamoalar qo'shimcha vaqt o'ynaydi, keyin taqozo etsa, penaltilarga murojaat qilinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ca.sports.yahoo.com