Ispaniya kubogi yarim finaliga qur'a tashlandi

Оқил Абдубарноев
4 fev 2022
Ispaniya kubogining 1/2 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

"Real" va "Barselona" kabi mamlakatning asosiy gigantlari musobaqani tark etdi, ularni "Atletik Bilbao" nokautga uchratdi. Favoritlarning "ajal"i hisoblanishi mumkin bo'lgan basklar endi "Valensiya"ga qarshi o'ynaydi. Ikkinchi juftlikni "Rayo Valekano" va "Betis" jamoalari tashkil etishdi.

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi ikkita o'yindan iborat. Dastlabki o'yinlar 9 fevral, javob o'yinlari esa 2 mart sanasida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Barselona" kubokni qo'lga kiritgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia