Ispaniya kubogi. "Sevilya" Segunda vakilini qo'shimcha bo'limlarda taslim qildi

Ispaniya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv yakuniga etdi.

"Sevilya" va "Leganes" jamoalari ishtirokidagi o'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra-taymlarning birinchisida Xulen Lopetegi shogirdlari hisobda oldinga chiqib olishdi. 96-daqiqada Lukas Okampos tomonidan urilgan gol o'yin taqdirini hal qildi - 0:1.

Leganes – Sevilya 0:1

17 yanvar, 00.00, "Vanda Metropolitano"

Gol:

0:1 – 96 Okampos.

Leganes – Riesgo, Rosales (Pardo, 65), Omeruo (Aviles, 105), Bustinsa, Xavi, Arnais (Byua, 82), Perea (Baston, 105), Merino (de la Fuente, 46), Sibasaki, Serxio Gonsales, Munos (Palensiya, 64).

Sevilya – Bunu, Rekik (Akunya, 70), Diego Karlos, Serdji Gomes, Gudel, Aleish Vidal (Kunde, 90), Oliver Torres (Fernando, 105), Jordan (Oskar Rodriges, 70), Idrissi (Okampos, 83), de Yong, Munir (Suso, 83).

Ogohlantirishlar:

Rosales (19), Aleish Vidal (23), Gudel (57), Pardo (89), Sibasaki (114), Bustinsa (119).


Manba: championat.asia